Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko CNN telekanali efirida kinoya qilib, Rossiya prezidenti Vladimir Putinga göyoki “u Ukrainani Yevropaga yaqinroq davlatga aylantirganiga” minnatdorlik bildirdi.    

Poroşenkoning aytişiça, Ukrainada 5 yil avval Yevropa bilan birlaşişni 33 foiz aholi istagan bölsa, hozirda esa 77 foizi qöllab-quvvatlamoqda.  

“Kim buni qildi? Putin. Şu sababli, janob Putin, davlatimni Yevropaga yaqinroq hamda yevropaça va transatlantik qadriyatlarni himoya qilişga tayyor qilganingiz uçun rahmat” 

Ukraina prezidenti öz sözlari intihosida uning davlati “heç qaçon boşqa Rus imperiyasiga qaytmasligiga” va'da bergan. 

2016 yilda Kiyev NATOga kirişni Ukrainaning taşqi siyosati maqsadi qilib belgilagan.