Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sharl Aznavur vafot etdi
Fransiyalik mashhur xonanda Sharl Aznavur vafot etdi. Bu haqda «Frans Press» xabar bermoqda.
Sharl Aznavur 1924 yilning 22 may kuni Parijda tavallud topgan. U nafaqat xonanda, balki bastakor, shoir, yozuvchi va aktyor sifatida ham tanilgan. Haqiqiy ismi - Shoxnur Vaxinak Aznavuryan.
Aznavur 1300ta qo‘shiqni yaratgan, 60ta filmda rol ijro etgan va 200 mln.dan ziyod disklarini sotgan. Time jurnali va CNN’ning birgalikda o‘tkazgan so‘rovnomasiga (1998) ko‘ra, Aznavur XX asrning eng yaxshi estrada xonandasi deb tan olingan.
2009 yilning 5 mayidan Armanistonning Shveytsariyadagi elchisi va mamlakatning BMT qarorgohidagi doimiy vakili bo‘lgan. Shveytsariyada doimiy ravishda istiqomat qilgan.
Mavzuga oid
10:27 / 27.06.2026
O‘zbekistonda Fransiya vizasi uchun vositachilarsiz hujjat topshirish imkonsiz bo‘lib qolgani aytilmoqda
18:00 / 25.06.2026
Fransiya yana Rossiya «yashirin floti»ga mansub tankerni qo‘lga oldi
22:51 / 21.06.2026
Fransiyada jazirama issiq tufayli qizil darajadagi xavf e’lon qilindi
08:59 / 15.06.2026