Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Hindiston tashqi ishlar vazirini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 oktabr kuni Nyu-Dehli shahrida o‘zi uchun ajratilgan qarorgohda Hindiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sushma Svarajni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlat rahbari Svaraj xonim bilan avvalgi uchrashuvni mamnuniyat bilan eslab, ulkan natijalar kutilayotgan ushbu oliy darajadagi tashrifda uning xizmatlari katta ekanini ta'kidladi.
O‘zbekiston va Hindistonda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun katta salohiyat borligi, tashrif davomidagi muzokaralar ikki tomonlama munosabatlarni amaliy mazmun bilan boyitishi qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Mahatma Gandi xotirasiga hurmat bajo keltirgandi.
Mavzuga oid
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
18:30 / 07.07.2026
Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi
11:04 / 30.06.2026