Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Times: Mi-6 Putinga hokimiyat tepasiga kelishda yordam berganidan afsusda
Britaniyaning Mi-6 razvedka xizmati sobiq rahbari Richard Dirlavning aytishicha, idora Rossiya prezidenti Vladimir Putinga hokimiyat tepasiga kelishda yordam berganidan hozirda afsuslanmoqda. Bu haqda The Times xabar berdi.
Xususan, Dirlavning aytishicha, 2000 yilda Londonda bo‘lgan KGB zobiti unga murojaat qilgan hamda Buyuk Britaniyaning o‘sha paytdagi bosh vaziri Toni Blerning Sankt-Peterburgga, Putinning taklifi bo‘yicha «Urush va tinchlik» operasi premerasiga tashrifini tashkillashtirib berish haqida so‘ragan.
«Biz Londonda Bler taklifni qabul qilish yoki rad etishi lozimligi borasida uzoq muddat muzokaralar olib bordik. Yakunda bu noyob va g‘ayrioddiy narsa, degan qarorga keldik», - deydi Mi-6 sobiq rahbari.
Uning qo‘shimcha qilishicha, hozir idoradagilar Putinning «obro‘sini mustahkamlab qo‘yishganidan» afsuslanmoqdalar, ammo o‘sha paytda Rossiya bilan munosabatlar yaxshi edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Vostok-2018» mashqlariga borgan Putin Rossiyada tajovuzkor rejalar yo‘qligini aytgandi.
Mavzuga oid
08:44
Sasseks universiteti O‘zbekistonda kampus ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
22:33 / 29.05.2026
Putin Armanistonning Yevroittifoqqa intilishiga munosabat bildirdi
18:09 / 29.05.2026
Rossiyada Putinning umrini uzaytirish bo‘yicha dastur ishga tushirildi - WSJ
16:36 / 28.05.2026