Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilişiça, Rossiya tinçliksevar davlat va unda tajovuzkor rejalar yöqdir. Bu haqda u «Vostok-2018» harbiy maşğulotlariga taşrif buyurgan paytda aytib ötdi, deb xabar bermoqda «Interfaks».

«Bizning taşqi siyosatimiz manfaatdor bölgan barça mamlakatlar bilan samarali hamkorlik qilişga qaratilgan», - deya aytib ötdi Rossiya yetakçisi.

Şu bilan birga, u harbiylarga murojaat qilib, vatan oldidagi burçlari «mamlakat suvereniteti, xavfsizligi va milliy manfaatlarini himoya qilişga tayyor turiş»da ekanini qayd etib ötdi. «Kerak bölsa - ittifoqçilarni ham qöllab-quvvatlaş», - deya qöşimça qilgan Putin.

Eslatib ötamiz, avvalroq Uzoq Şarqda Rossiya tarixidagi eng katta harbiy maşqlar boşlangandi.

Maşqlar 11-17 sentabr kunlari Rossiyaning Uzoq Şarqida va Tinç okeaniga qöşni suvlarda uşbu mamlakat mudofaa vaziri Sergey Şoygu rahbarligida ötkaziladi. Ta'kidlanişiça, ular sönggi 37 yil içidagi eng katta harbiy maşqlar böladi. Ularda jami 300 ming harbiy, ön minglab zirhli maşinalar, vertolyotlar, samolyotlar va uçuvçisiz uçar qurilmalar qatnaşadi. Şuningdek, Möğuliston va Xitoydan kelgan harbiylar maşqlarga qöşilişi kutilmoqda.