Toshkentda Janubiy Koreya tibbiyot universitetining qachon ish boshlashi ma'lum bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi «Xususiy tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish to‘g‘risida»gi PQ-3450-son qaroriga muvofiq, «AKFA Medline» ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi vakillari Janubiy Koreyadagi yetakchi oliygohlardan biri hisoblangan Gachon tibbiyot universiteti rahbariyati bilan muzokaralar olib borish maqsadida 27-28 sentabr kunlari Inchon shahriga tashrif buyurishdi.
Uchrashuv davomida tomonlar Toshkentda kelasi yili ochilishi kutilayotgan oliygohning tafsilotlari muhokama qilindi. Muzokaralar yakuniga ko‘ra, «AKFA Medline» tibbiyot markazi va Gachon tibbiyot universiteti o‘rtasida kelishuv imzolandi. Unga ko‘ra, tibbiyot universitetining 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab faoliyat yuritishi, o‘quv maskanida darslar ingliz tilida olib borilishi va ta'lim davomiyligi 6 yilni tashkil etishi belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 may kuni Gachon universitetining Gil gospitali rahbariyati vitse-prezidenti Myung Xi Chung boshchiligidagi delegatsiya «AKFA Medline» tibbiyot markaziga tashrif buyurgan edi. Toshkentda tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolangan va Gachon universitetining yangi o‘quv muassasasini zarur barcha o‘quv darsliklar va dasturlar bilan ta'minlashi, unga tibbiyot yo‘nalishida universitet ochish bo‘yicha Gachon universitetining Gil gospitalidan maslahatchi yuborishi va professorlarni jalb etishga ko‘maklashishi belgilandi.
Gil klinikasining Osiyodagi yetakchi o‘rni raqamlarda o‘z aksini topgan. Rivojlangan tibbiy muassasalar tarmog‘i 5 ta shifoxona; 6 ta ixtisoslashtirilgan markaz va 2 ta ilmiy-tadqiqot institutni o‘z ichiga oladi. Klinikalar tarmog‘i asoschisi va ijrochi direktori, 86 yoshli Li Gil Yo bu bilan cheklanmoqchi emas. Bu esa xizmatlar sifati tobora oshib borishini anglatadi.
Bugungi kunda Gachon universiteti qoshida tibbiy markazning 30 ta bo‘limi mavjud bo‘lib, bu yerda 2647 nafar xodim (ularning 245 nafari yuqori malakali shifokor) faoliyat ko‘rsatadi. Statsionarda bemorlar uchun 1364 o‘rin ajratilgan.
Har yili 1 000 000 dan ortiq bemorlar klinikada davolanadi. 400.000 nafar odamga ambulatoriya yordami, 90.000 nafariga esa shoshilinch yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Operatsiyalar soni esa 25.000 dan oshadi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
00:08
Janubiy Koreya kosmosni tadqiq etish uchun planetoxod yaratish loyihasini ishga tushidi
18:54 / 09.11.2024
Seul: Shimoliy Koreya GPS-signallarni uzib, kemalar va aviatsiyaga xalaqit bermoqda
10:48 / 09.11.2024
O‘zbekiston va Janubiy Koreya yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni muhokama qildi
10:08 / 09.11.2024