Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nurmagomedov Makgregorning ustidan kuldi
Aralash yo‘nalish (MMA) bo‘yicha rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov obunachilari bilan o‘zining yangi fotosuratini bo‘lishdi.
Mutlaq jangchilar chempionatining (UFC) amaldagi chempioni instagramdagi o‘z sahifasiga jo‘ja tasvirlangan futbolkani qo‘lida ushlab turgani aks etgan fotosuratni joylashtirdi. Futbolkada shunday yozuv bor: «Menga ishoninglar, men jo‘jalar tarbiyachisiman».
«Shanba kuni kechqurun», - deya izoh qoldirgan u fotosuratga.
Shu tariqa rossiyalik 6 oktabr kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan irlandiyalik Konor Makgregor bilan jangga ishora qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Makgregorning murabbiyi Habib Nurmagomedovdagi muammolarni eslatgandi.
Mavzuga oid
08:07 / 22.03.2025
Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lish istagini bildirdi
18:13 / 12.01.2025
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
00:41 / 23.11.2024
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi. U endi 250 ming yevro jarima to‘laydi
18:33 / 15.08.2024