Jahon | 10:51 / 02.10.2018
5364
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp demokratlarni «jinoyat partiyasi» deb atadi

Foto: REUTERS

AQSh prezidenti Donald Trampning Tennessi shtatidagi o‘z tarafdorlari oldida so‘zlagan nutqida bildirishicha, demokratlar siyosati Qo‘shma Shtatlar ko‘chalarida jinoyatchilarning «suvdek ko‘payib ketishiga» olib kelishi mumkin. Trampning nutqi translyatsiyasi CNN telekanali tomonidan efirga uzatildi.

Prezidentning qayd etishicha, demokratlar AQSh ko‘chalarini boshqa mamlakatlardan kelgan jinoyatchilar bilan «to‘ldirishga urinmoqda». Uning fikriga ko‘ra, agar uning raqiblari chegara nazoratini liberallashtirish sohasida islohotlar o‘tkazsa, bu ro‘y berishi mumkin.

«Men aytgan narsani eslab qoling. Demokratlar - bu jinoyat partiyasi», - deya ta'kidlab o‘tdi Tramp.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniyada darg‘azab Trampning noodatiy haykali paydo bo‘lgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid