Buyuk Britaniyada yoş qizça ustida darğazab holda egilib turgan AQŞ prezidenti Donald Trampning haykali paydo böldi. Bu haqda The Bailiwick Express yozmoqda.
Ta'kidlanişiça, haykallar Greyt-Missenden qişloğida örnatilgan va köp yillar davomida qişloqda yaşagan va işlagan britaniyalik yozuvçi Roald Dal tomonidan yaratilgan «Matilda» qissasi e'lon qilinganining 30 yilligi bilan boğliq.
Syujyetga köra, Matilda direktor-diktatori miss Trançbullga qarşi çiqadi. Haykal örnatilişi munosabati bilan taşkil etilgan sörovnomada körsatilişiça, respondentlarning 42 foizining fikriga köra, bugungi kunda asar qahramon, katta ehtimol bilan, Amerika yetakçisiga qarşi çiqqan bölardi. Aynan şuning uçun haykallar guruhida Tramp paydo böldi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp NYT jurnalisti bilan ğavğo boşlagani xabar qilingandi.












