O‘zbekiston | 01:04 / 02.10.2018
9294
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Hindiston kosmik sohada hamkorlik qiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston va Hindiston kosmik sohadagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirishmoqda. Hindiston bosh vaziri Narendra Modi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha shu haqida ma'lum qildi.

"Biz sizlarning kosmik soha, inson resurslari va axborot texnologiyalarini rivojlantirishga doir takliflaringizni qabul qilamiz. O‘zbekistonga bizning bu yo‘nalishdagi tajribamizdan foydalanishini taklif qildik", - dedi Hindiston bosh vaziri.
 
Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga ilk davlat tashrifi 30 sentabr kuni amalga oshirildi. Tashrif doirasida ilmiy-texnik, qishloq xo‘jaligi, turizm, harbiy ta'lim, adliya, sog‘liqni saqlash va tibbiyot ilmi, farmatsevtika, tinch maqsadlarda kosmosni tadqiq qilish va boshqa yo‘nalishlardagi hamkorlikka oid 20 ta hujjat imzolandi. Tomonlar 2020 yilga borib o‘zaro tovar aylanmasini 1 milliard dollarga yetkazishga kelishib olishdi.

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid