Jahon | 11:15 / 02.10.2018
5185
1 daqiqa o‘qiladi

Vetnam kommunistik partiyasi sobiq bosh kotibi 101 yoshida vafot etdi

Foto: VietTimes

Vetnam kommunistik partiyasining sobiq bosh kotibi Do Mioy Xanoy shahridagi shifoxonalardan birida vafot etdi. Bu haqda VnExpress xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, u kasallik bilan uzoq vaqt davomidagi kurashdan keyin vafot etdi.

Do Mioy 1991-1997 yillarda Vetnam kommunistik partiyasining bosh kotibi bo‘lgan. Shuningdek, u 1988-1991 yillarda Vetnam Sotsialistik Respublikasi bosh vaziri lavozimini egallagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vetnam prezidenti Chan Day Kuang 61 yoshida vafot etgani xabar qilingandi. Prezident kasalxonada 21 sentabr kuni ertalab vafot etgan. Ta'kidlanishicha, u uzoq vaqt davomida jiddiy kasallikdan aziyat chekib kelgan.

Mavzuga oid