O‘zbekiston | 14:36 / 03.10.2018
8881
1 daqiqa o‘qiladi

Masdar kompaniyasi O‘zbekistonda quyosh va shamol elektrostansiyalarini quradi

Foto: abcnews

Quyosh energetikasi sohasida loyihalar ishlab chiqaruvchi BAAning Masdar kompaniyasi O‘zbekistonda shamol va quyosh elektrostansiyalarini quradi, deb xabar berdi Kun.uz muxbiri. 

Bu haqdagi kelishuv 3 oktabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-BAA biznes-forumi doirasida imzolandi.

O‘zbekiston hududida amalga oshiriladigan bo‘lajak loyihalar haqidagi batafsil ma'lumotlar hozircha ma'lum qilinmadi.  

Masdar qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida dunyo bo‘yicha 20ga yaqin loyihani amalga oshirgan. Kompaniyaning eng yirik loyihasi BAAda 2030 yilda quriladigan 5GVTli quyosh elektrostansiyasi bo‘ladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid