O‘zbekiston | 15:00 / 03.10.2018
4296
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston BAA bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviayo‘nalishlarni kengaytirishni taklif qildi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev O‘zbekiston va BAAning yirik shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaparvozlarni kengaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildi, deb xabar berdi Kun.uz muxbiri.

«O‘zbekiston tomoni havo qatnovidan faol foydalanish, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi yo‘lovchi va yuk tashish hajmini oshirishdan manfaatdor. Bu borada ikki mamlakatning yirik shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni tashkil etish masalasini o‘rganib chiqish yechim bo‘ladi», – dedi vazir Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-BAA biznes-forumida.

Hozirda «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi Toshkentdan Dubay va Sharja shaharlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni amalga oshiradi.

«Bundan tashqari, BAAlik hamkorlarimizga «Navoiy» xalqaro intermodal logistika markazi imkoniyatlaridan foydalanishni taklif etamiz», – dedi Xo‘jayev.

Xo‘jayev shuningdek, O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-O‘mon xalqaro transport koridori O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi tovar almashuvning sezilarli ravishda oshishiga xizmat qilishini qayd etdi.

 

Mavzuga oid