Jahon | 07:39 / 04.10.2018
13744
1 daqiqa o‘qiladi

Qrimdagi Roshen konfetlari salomatlik uchun xavfli bo‘lib chiqdi

Foto: RIA Novosti / Kirill Kallinikov

Qrimda sotiladigan Roshen qandolatchilik kompaniyasi mahsuloti muddati tugagani tufayli iste'molga yaroqsiz hisoblanadi. Bu haqda ishlab chiqaruvchi saytida e'lon qilingan xabarda aytiladi.

«Qrimda sotilayotgan har qanday mahsulot iste'mol uchun yaroqsiz», - deya ma'lum qilishgan kompaniyadan.

Ta'kidlanishicha, 2017 yilning aprelida Roshen’ning Lipetskdagi zavodida ishlab chiqarish to‘xtatildi, shuning uchun Rossiya bozoriga kiradigan har qanday mahsulot, katta ehtimol bilan, iste'molga yaroqsiz sanaladi.

«Bunday mahsulotlarning yaroqlilik muddati kamida 2018 yilning boshida tugagan, shuning uchun u salomatlik uchun xavfli bo‘lishi mumkin», - deyiladi xabarda.

Kompaniya vakillari potensial xaridorlarni Rossiyada Roshen mahsulotlarini sotish qayta boshlangani haqidagi OAV xabarlariga ishonmaslikka chaqirgan.

Mavzuga oid