Janubiy Koreya katta delegatsiyasi KXDRga yo‘l oldi
Koreya Respublikasi delegatsiyasi KXDRga yo‘l oldi. 2007 yilgi Koreyalararo sammitning 11 yilligini nishonlash uchun yo‘l olgan delegatsiya tarkibidan amaldorlar, siyosatchilar, jamoat va diniy arboblar joy oldi. Bu haqda «Ryonxap» xabar bermoqda.
Delegatsiya tarkibidan 160 kishi joy oldi, ular orasida Koreya birlashuvi vaziri vaziri Cho Myon Gyun ham bor. Janubiy Koreya vakillari Pxenyanda uch kun bo‘lishadi. 5 oktabr, juma kuni ikki tomon - Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya vakillari ishtirokidagi birinchi tadbir bo‘lib o‘tadi.
Shunga qaramay, delegatsiya a'zolari KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashishi yoki uchrashmasligi hozircha noma'lum bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR qancha yadro quroliga egaligi aytilgandi.
Mavzuga oid
18:54 / 09.11.2024
Seul: Shimoliy Koreya GPS-signallarni uzib, kemalar va aviatsiyaga xalaqit bermoqda
13:49 / 09.11.2024
Rossiyaga o‘qish maqsadida rekord darajada KXDR fuqarolari kirib keldi
10:48 / 09.11.2024
O‘zbekiston va Janubiy Koreya yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni muhokama qildi
10:08 / 09.11.2024