Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qumlar orasida: Sahroi Kabirdagi temir yo‘lning ko‘rinishi qanday?
Bu temir yo‘lni dunyodagi eng ekstremal deb atash mumkin. Relslar bepoyon Sahroi Kabir qumlari orasiga qurilgan, ayovsiz quyoshda qizigan, biroq tarkib baribir sahro o‘rtasidan o‘tadi.
Yo‘l Mavritaniyaga tegishli va Zueratuni Nuadibu porti bilan bog‘laydi. Unda uzunligi 3 kilometr bo‘lgan tovar poyezdlarida faqat ishchilar harakatlanadi. Bu odamlar nima bilan band? Ular temir rudasini yovvoyi jaziramaga olib borishadi.
Odamlar tomda, ba'zida esa qazilma bilan bir konteynerda ketishadi. Bu yerda ana shunday usulda harakatlanadigan ko‘plab savdogarlarni uchratish mumkin.
Harorat - deyarli 50 daraja issiq. Jami masofa 20 soatdan kam vaqt olmaydi. Tabiiyki, aborigenlar bunday sharoitga ko‘nikkan. Sayyohlar esa marshrutdan zavq olishmaydi.
Relslar o‘tgan asrning 60-yillarida qo‘yilgan. O‘sha vaqtdan beri doimiy ravishda foydalanib kelinadi. Ehtimol keyingi bir necha o‘n yillikda ham bu holat davom etar.
Mavzuga oid
08:30 / 18.06.2026
Qaysi davlatlarda yuqori tezlikdagi temiryo‘llar eng rivojlangan?
08:30 / 16.06.2026
Alp tog‘laridan dengiz tubigacha: dunyodagi 7 eng uzun temiryo‘l tunneli
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
14:04 / 11.06.2026