Makgregor Nurmagomedov bilan jang uchun 100 mln dollar olishi mumkin
Aralash yo‘nalish (MMA) bo‘yicha irlandiyalik jangchi Konor Makgregor Mutlaq jangchilar chempionati (UFC)ning yengil vazn toifasidagi chempioni rossiyalik Habib Nurmagomedov bilan jang uchun 100 million dollar olishi mumkin.
Bu haqda UFC prezidenti Dena Uayt xabar bergan. Uning so‘zlari TMZ axborot portali tomonidan keltirildi.
UFC rahbarining fikricha, Makgregorga pul mukofoti irlandiyalik jangchi Floyd Meyuezer bilan bahs uchun olgan puldan ortiq bo‘lishi mumkin. Jang Las-Vegasda boks qoidalariga muvofiq o‘tkazildi va amerikalik o‘ninchi turda texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi. Meyuezer jang uchun 275 million dollar, Makgregor - 85 million dollar oldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Konor Makgregor Habib Nurmagomedovni Las-Vegasda 6 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan jang vaqtida o‘ldirishni rejalashtirganini aytgandi.
Mavzuga oid
18:33 / 15.08.2024
Habib Nurmagomedov Rossiya soliq idoralari oldidagi barcha qarzlarini yopdi - OAV
21:04 / 06.08.2024
Rossiyada Habib Nurmagomedovning mol-mulki xatlandi
19:55 / 01.07.2024
Habib Nurmagomedovning bank hisobraqamlari muzlatib qo‘yildi
21:45 / 08.04.2023