OAV: Klinton shtabi FQBga «Rossiya aralashuvi» bo‘yicha materiallarni bergan
2016 yil oxirida Xillari Klintonning saylovoldi shtabi FQBga AQShdagi prezidentlik saylovlariga Rossiyaning aralashuvi haqidagi materiallarni topshirgan. Bu haqda Fox News telekanali AQSh kongressidagi manbalarga asosan xabar berdi.
Manbalar ma'lumotiga qaraganda, Klinton shtabi, Demokratik partiya milliy qo‘mitasi va Perkins Coie firmasida ishlagan huquqshunos Maykl Sassman FQB xodimi Jyeyms Beykerga hujjatlar va ma'lumotlarni saqlash qurilmalarni bergan. Manbalarning qo‘shimcha qilishicha, Beyker Sassmanning qadamida hayron bo‘lgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, FQB xodimi huquqshunos bilan faqat bir marta uchrashganligini ta'kidlab o‘tgan.
Fox News ma'lumotlariga ko‘ra, Beyker bilan yuz bergan holat haqida 3 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan kongressning yopiq yig‘ilishida ma'lum qilingan. Ikki respublikachi kongressmenning telekanalga ma'lum qilishicha, FQB xodimining ko‘rsatmalari Rossiyaning AQSh saylovlariga aralashuvi bilan bog‘liq tergov siyosiy xususiyatlarga ega ekanini isbotlaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq The Hill demokratlar saylovlar oldidan Tramp va Rossiya ehtimoliy kelishuvini FQB bilan muhokama qilishgani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
23:22 / 22.11.2024
KXDR o‘z askarlarini Ukraina urushiga yuborgani evaziga Rossiyadan havo hujumidan mudofaa vositalarini olgan
21:54 / 22.11.2024
«Krepkiy oreshnik»: Putin tutib qolish imkonsiz ekanini aytgan yangi raketa haqida nimalar ma’lum?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
20:12 / 22.11.2024