OAV: demokratlar saylovlar oldidan Tramp va Rossiya ehtimoliy kelishuvini FQB bilan muhokama qilishgan
AQSh kongressidan bo‘lgan tergovchilar guruhida FQBdagi yuqori martabali mulozimlar Demokratik partiya milliy qo‘mitasi advokatlari bilan uchrashib, o‘sha paytda AQSh prezidentligiga nomzod bo‘lgan Donald Trampga nisbatan Rossiya hukumati bilan til biriktirish ishi bo‘yicha ayblovlarni muhokama qilishganini tasdiqlashdi. Bu haqda The Hill o‘z manbasiga asosan xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, FQB va demokratlar o‘rtasidagi uchrashuv 2016 yilgi saylovlardan bir necha hafta oldin bo‘lib o‘tgan hamda bu mahkama keyinchalik kuzatuv ishlari olib borilgan Trampning maslahatchisi Karter Peyjga e'tibor qaratishidan avval yuz bergan. FQB sobiq bosh maslahatchisi Jyeyms Beyker 2016 yilda Demokratik partiya milliy qo‘mitasining Perkins Coie xususiy yuridik firmasi advokatlaridan biri bilan uchrashgan.
Xillari Klinton shtabi va Demokratik partiya milliy qo‘mitasi bu firmadan Fusion GPS tadqiqotlik firmasi hamda Britaniyaning MI6 razvedkasi sobiq agenti Kristofer Stilga mablag‘larni yashirin ravishda to‘lash uchun foydalanishgan. Bu AQSh prezidenti Donald Trampga keyinchalik «rus dosesi» sifatida mashhur bo‘lib ketgan hujjatlar materiallarini tayyorlash uchun qilingan, deb yozadi The Hill. Bu doseda «tasdiqlanmagan va xom» ma'lumot mavjud bo‘lgan, unga ko‘ra Tramp hamda Rossiya hukumati 2016 yilgi prezidentlik saylovlariga ta'sir o‘tkazish maqsadida til biriktirgan, deb eslatadi nashr.
Bu ma'lumotlar AQSh vakillar palatasining sud va nazorat qo‘mitalarida respublikachilarning birgalikda o‘tkazilgan surishtiruvi natijalari bilan tasdiqlanadi, deya aytib o‘tdi The Hill manbasi.
Nashrning qayd etishicha, yangi ma'lumot shuni anglatadiki, FQBda Trampga qarshi Kristofer Stilning «rus dosesi» Demokratik partiya yuridik firmasi bilan aloqador bo‘lgan, shuningdek, u Trampni prezidentlik saylovlarida tor-mor etish maqsadida tuzilgan.
Rossiya 2016 yilgi saylovlarda Trampning shtabi bilan til biriktirilganini rad etib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp demokratlarni «jinoyat partiyasi» deb atagandi.
Mavzuga oid
08:36
AQSh Helsinki komissiyasi Rossiyada nomaqbul deb tan olindi
00:31
Apple o‘zining onlayn do‘konidan mustaqil OAV ilovalarini o‘chirib tashlayotganiga izoh berdi
22:47 / 25.12.2024
Putin yana “tarixiy hududlar” haqida gapirdi. U qayerlarni aytyapti?
21:53 / 25.12.2024