O‘zbekiston | 10:12 / 05.10.2018
10343
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya kompaniyasi Toshkent viloyatida quyosh panellari uchun metall konstruksiya ishlab chiqara boshladi

Foto: Depositphotos

Ohangaron shahrida turkiyalik ishbilarmonlar sarmoyasi hisobiga bunyod etilgan Dal Heavy Industries mas'uliyati cheklangan jamiyatida kompyuterlashtirilgan tizim metall mahsulotini buyurtmachining xohishiga qarab ishlab chiqaradi, deb yozmoqda “Xalq so‘zi”.

Hozircha Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan mazkur korxona metall konstruksiyasi va quyosh panellari uchun metall konstruksiya ishlab  chiqaradi. Korxona dastlabki mahsulotlarni eksportga tayyorlab qo‘ydi, deyiladi xabarda.

Yiliga 12 ming tonna mahsulot tayyorlash quvvatiga ega korxona mahsulotlarining teng yarmi eksportga yo‘naltiriladi.

Yangi loyiha doirasida 11 mln AQSh dollari miqdorida qurilish montaj ishlari amalga oshirildi. Yangi korxonada 166ta ish o‘rni yaratilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid