Sport | 01:17 / 06.10.2018
32742
1 daqiqa o‘qiladi

Habib Nurmagomedovning otasi Makgregorga qarshi jang haqida fikr bildirdi

Foto: Reuters

Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmannop Nurmagomedov o‘g‘lining Konor Makgregorga qarshi jangi borasida o‘z fikrlarini bildirdi. 

"Siz Habibning jangi atrofida qanchalik shov-shuv ko‘tarilganini bilmaysiz. Biz butun Mahachqal'a telpakda bo‘lishini kutib qolamiz. Bu tasavvur qilib bo‘lmaydigan holat. 

Hayajon aniq yo‘q. Mas'uliyat hissi esa bor. Bu esa turli xil narsa. 

Mening taxminim – ikkinchi raund o‘rtasi yoki uchinchi raund boshi. Habibda biz eng kuchli ekanimizni isbotlash istagi bor. Bizning boshqa yigitlarimiz ham qolgan vazn toifalaridagi kamarlarni egallashni xohlashadi", – dedi Abdulmannop Nurmagomedov. 

Konor Makgoregor va Habib Nurmagomedov o‘rtasidagi jang 6 oktabrdan 7 oktabrga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi. 

Mavzuga oid