Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WhatsApp’da uzoq kutilgan va foydali funksiya paydo bo‘ldi
WhatsApp’ning yangi beta-versiyasida videoni “surat ichida surat” rejimida ko‘rish funksiyasi ishga tushdi. Bu haqda WABetaInfo portali xabar bermoqda.
Portalning yozishicha, endi videorolikni WhatsApp oynasining istalgan burchagiga surib qo‘yib bir vaqtning o‘zida yozishmani davom ettirish va videoni tomosha qilish mumkin.

Hozirda ushbu rejim YouTube, Facebook, Instagram va Streamable’dagi videolar uchun ishlaydi. Twitter’da joylashtirilgan rolikni ekran bo‘ylab surishning imkoni yo‘q.
Avvalroq ushbu rejim iOS operatsion tizimidagi smartfonlar uchun ishga tushirilgandi. Endilikda bu imkoniyatdan Android smartfonlar egalari ham foydalanishlari mumkin bo‘ldi.
Mavzuga oid
15:11 / 16.01.2026
Duma deputati: WhatsApp Rossiyada 2026 yilda to‘liq bloklanishi mumkin
08:58 / 30.12.2025
RF sudi Telegram va WhatsApp’ni cheklashga qarshi da’voni rad etdi
12:15 / 24.12.2025
WhatsApp messenjeri Rossiyada ishi cheklanganini tasdiqladi
14:00 / 23.12.2025