Sport | 22:30 / 07.10.2018
7240
2 daqiqa o‘qiladi

APLda turning markaziy uchrashuvida g‘olib aniqlanmadi

«Liverpul» Angliya Premer-ligasining 8-turida «Manchester Siti»ni qabul qildi. «Enfild» o‘yingohiga kelgan muxlislar gol ko‘rishmadi - 0:0.

O‘yinning 86-daqiqasida «shaharliklar»da hisobni ochish uchun imkoniyat bo‘lgandi. Ammo Sane ishlab olgan penalti zarbasini Riyoz Mahrez golga aylantira olmadi.

Bu natijadan keyin «Manchester Siti» 20 ochko to‘plagan holda turnir jadvalidagi karvonboshilikni davom ettirmoqda, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni «Chelsi» va «Liverpul» bo‘lishib olgan, bu jamoalarda ham 20tadan ochko bor, faqat to‘plar nisbatiga ko‘ra mersisaydliklar uchinchi o‘rinda qolishgan.

Keyingi turni «Liverpul» safarda «Haddersfild Taun» maydonida o‘tkazadi, «Manchester Siti» «Byornli»ni qabul qiladi. Ikki o‘yin ham 20 oktabrga belgilangan.

Angliya chempionati
8-tur
Liverpul – Manchester Siti 0:0

Liverpul – Alisson, Lovren, Robertson, Gomes, van Deyk, Milner (Keyta, 29), Xenderson, Veynaldum, Mane, Salax, Firmino (Starridj, 72).
Manchester Siti –    Ederson, Stounz, Mendi, Uoker, Laport, Silva, Fernandino, Marez, Bernardu Silva, Sterling (Sane, 76), Aguero (Gabriel Jyezus, 66).
Ogohlantirishlar: Bernardu Silva (21), Aguero (56), Mendi (64), Veynaldum (90).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid