Jahon | 01:26 / 07.10.2018
21877
1 daqiqa o‘qiladi

Belgiyada tug‘ilgan chaqaloqlarga qo‘yilayotgan ismlar ichida Muhammad yetakchilik qilmoqda

Foto: Anadolu

Muhammad ismi Belgiya poytaxti Bryusselda eng mashhur ismga aylanib ulgurgan, bunday ismli insonlar 18 ming 44 kishini tashkil etmoqda, deb yozadi Anado‘lu agentligi.

Muhammad ismi 2017 yilda tug‘ilgan o‘g‘il chaqaloqlar ichida eng mashhuri bo‘ldi.

Belgiya statistika instituti ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda 718 nafar chaqaloqqa Muhammad ismi qo‘yilgan. Bu borada ikkinchi o‘rin Liam ismiga nasib etgan — 570 ta.

Buyuk Britaniya milliy statistika boshqarmasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2018 yilning sentabr oyida Birlashgan Qirollik va Uelsda tug‘ilgan chaqaloqlarga qo‘yilgan ismlar ichida Muhammad Top-10 talikka kirgan.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid