Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ichki ishlar vazirligida yangi tayinlov amalga oshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limida rahbar o‘zgardi.
«Kun.uz» manbasi ma'lumotiga ko‘ra, ushbu lavozimni Elbek Xayrullayev egallagan.
Podpolkovnik Elbek Xayrullayev 2017 yilning 1 aprelidan buyon Yunusobod tuman IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi. Ungacha esa Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi jinoiy qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.
O‘z navbatida Yunusobod tuman IIBga yangi boshliq tayinlangan. Bu lavozimga Toshkent viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Olim Saidov tayinlangan.
Mavzuga oid
14:18
Toshkentda yirik kiberjinoyatchilar guruhi qo‘lga olindi
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
17:45 / 30.04.2026