Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Do‘rmon»da «Neksiya» va «Captiva» to‘qnashdi
Toshkent viloyatining Qibray tumanida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Ma'lum bo‘lishicha, shu yil 5 oktabr kuni fuqaro M.K. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinani “Do‘rmon” MFYda haydab ketayotib, shu yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashovchi K.S. boshqaruvidagi “Captiva” rusumli avtomashinaning orqa qismiga urilib, to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada “Neksiya” avtomashinasi yo‘lovchisi, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi M.M. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.
Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:57 / 25.06.2026
«Andijon polkasi» tadbiriga ketayotgan o‘quvchilar YTHga uchradi
18:50 / 24.06.2026
Avtomobil tezligini avtomatik cheklaydigan tizim sinovlardan o‘tolmadi
20:30 / 23.06.2026
Haydovchiga sug‘urta tovoni uchun aybdor tomon sug‘urtalovchisiga murojaat qilish imkoniyati berildi
19:59 / 23.06.2026