Jahon | 22:03 / 08.10.2018
7850
3 daqiqa o‘qiladi

Facebook o‘zining ilk qurilmasini namoyish qildi - Portal (suratlar)

Facebook ijtimoiy tarmog‘i displeylar lineykasi bilan bozorga chiqmoqda. Kompaniya o‘zining ilk gadjyetini  namoyish qildi, unda videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish mumkin.

Qurilma ikki xil variantda taqdim etildi. Birinchisi Portal nomini olgan bo‘lib, 1280x800 pikselli 10 dyuymli ekranga ega. Ikkinchisi — Portal+ esa 1920x1080 pikselli 15 dyuymli ekran bilan ta'minlandi.

Foto: TechCrunch
Foto: TechCrunch

"Ikki model ham hayotingizdagi muhim insonlarni yanada yaqinda his qilishga  yordam berish va videochatlarni videoqo‘ng‘iroqlar emas, ko‘proq xuddi bir xonada suhbatlashayotgandek tasavvur hosil qilish uchun ishlab chiqilgan", - deya ma'lum qiladi ishlab chiqaruvchi. 

Foto: TechCrunch
Foto: Facebook

Gadjyet "aqlli" kamera yordamida suhbatdoshga muayyan joyga bog‘lanib qolmasdan muloqot qilish imkonini beradi. Kamera harakatlarni avtomatik ravishda kuzatadi va suhbatdoshni diqqat markazida ushlab turadi. "Aqlli" tovush texnologiyasi fondagi shovqinni kamaytiradi va suhbatdoshning displey bilan oradagi masofasi qancha bo‘lishiga qaramay, avtomatik tarzda tovush sifatini yaxshilaydi.

Foto: Facebook
Foto: Facebook

Qurilma Facebook Messenger'dagi suhbatdoshlar bilan muloqot qilish imkonini beradi, hatto ularda bunday gadjyet yo‘q bo‘lsa ham. Ular Messenger o‘rnatilgan telefon va planshetlar yordamida muloqot qilishlari mumkin. Qurilmalar bir vaqtning o‘zida yetti nafargacha bo‘lgan kishilarning guruh qo‘ng‘iroqlarini ham qo‘llab-quvvatlaydi. 

Foto: Facebook
Foto: Facebook

Kompaniya Facebook Portal gadjyetlari yordamida amalga oshirilgan videoqo‘ng‘iroqlarni tinglamasligi, kuzatmasligi va ulardagi ma'lumotlarni saqlab qolmasligini alohida ta'kidlaydi. Ishlab chiqaruvchining qayd etishicha, barcha videoqo‘ng‘iroqlar shifrlangan. 

Facebook gadjyetlari noyabr oyidan AQSh hududida sotuvga chiqishi aytilmoqda. Portal narxi - 199 dollar, Portal+ bahosi esa 349 dollar bo‘lishi kutilmoqda. 

Mavzuga oid