Jahon | 14:22 / 09.10.2018
21124
1 daqiqa o‘qiladi

«Qurbon va jallod rolini almashtirishga urinish». Litva Rossiyadan darg‘azab

Foto: BFL/Andrius Ufartas

Litva Rossiyaga norozilik notasini yubordi. Bunga Rossiya tashqi ishlar vazirligining partizanlar qo‘mondoni Adolfas Ramanauskas-Vanagas haqidagi bayonoti sabab bo‘ldi, deya ma'lum qilgan mamlakat tashqi ishlar vaziri Linas Linkyavichyus. Bu haqda The Baltic Times xabar bermoqda.

«Tarixni qayta yozish va qurbonlar hamda jallodlarning rolini almashtirishga urinish zamonaviylik suratida oddiy amaliyotga aylanib bormoqda, ammo agar kimdir buni normal me'yor deb hisoblaydigan bo‘lsa, biz bunga qo‘shilmaymiz va bunday niyatimiz ham yo‘q», - deya aytib o‘tdi Linkyavichyus.

Uning ta'kidlashicha, Ramanauskas-Vanagas mamlakat milliy qahramoni bo‘lib, qarshilik ramzi hisoblanadi. Vazirning bildirishicha, unga qarshi «asoslanmagan ayblovlar» qabul qilib bo‘lmas narsadir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Latviya Rossiyani kiberhujumlarda ayblagandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid