Latviya Konstitutsiyani himoya qiliş böyiça byurosi Rossiyani mudofaa va taşqi aloqalar sohasidagi davlat institutlariga kiberhujumlar qilişda aybladi, deya xabar beradi Reuters.

«Latviyada kiberhujumlar GRU tomonidan josuslik maqsadida amalga oşirilgan. Eng köp kuzatilgan hujumlar davlat institutlariga, jumladan, mudofaa va taşqi aloqalar sohalariga qarşi qaratilgandi», - deya ma'lum qilişdi idora vakillari.

Şuningdek, ular Rossiya harbiy razvedka xizmatini ma'lumotlarga fişing hujumlardan foydalangan holda kirişga urinişda aybladilar. Şu bilan birga, Latviyadan ma'lum qilişlariça, yaqinda bölib ötgan parlament saylovlari natijalariga ta'sir ötkazişga qaratilgan heç qanday hujumlar qayd etilmagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Britaniya GRUni butun dunyo böylab kiberhujumlarda ayblagandi.

Buyuk Britaniyadagi Kiberxavfsizlik böyiça milliy markaz Rossiya GRUsini biznes, siyosiy institutlar, sport va ommaviy axborot vositalariga qarşi butun dunyo böylab «tanlovsiz va ahmoqona» kiberhujumlarni taşkillaştirişda aybladi.