Jahon | 17:16 / 09.10.2018
9164
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Saudiya Arabistoni bosh konsulligi binosida tintuv o‘tkazishga ruxsat oldi

Foto: REUTERS

Turkiya hukumati jurnalist Jamol Qoshiqchining yo‘qolib qolishi voqeasidan so‘ng Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulligi binosida tintuv o‘tkazishga ruxsat oldi. Bu haqda Turkiya TIV matbuot xizmati xabar qildi.

"Yo‘qolib qolgan jurnalist Jamol Qoshiqchining taqdirini aniqlash bo‘yicha hukumatimiz boshlagan surishtiruv ishlari jadal davom etmoqda. Saudiya Arabistoni hukumati hamkorlikka tayyor ekanligini, bosh konsullik binosida tintuv o‘tkazish mumkinligini bildirdi", deyiladi xabarda.

Tintuv muddati va soati haqida ma'lumot berilmagan.

Jamol Qoshiqchi Ar-Riyodning bugungi siyosatiga nisbatan tanqidiy fikrlari bilan tanilgan. U 2017 yilda vatanidan chiqib ketgan va AQShdan qo‘nim topgan. Jurnalist Saudiya Arabistonidagi vaziyat va mamlakat tashqi siyosati haqida The Washington Post’ga maqolalar yozadi. 

Jurnalistning yo‘qolgani 3 oktabrda ma'lum bo‘lgan. U Saudiya Arabistoni bosh konsulligiga hujjatlarni rasmiylashtirgani kelganidan keyin yo‘qolib qolgan. Saudiya Arabistoni matbuot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, jurnalist konsullik binosidan chiqib ketgandan keyin yo‘qolgan.

Turkiya prezidenti maslahatchisi Yasin Aqtayning fikricha, jurnalist bosh konsullikda o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. 

Mavzuga oid