Jahon | 09:51 / 10.10.2018
4317
1 daqiqa o‘qiladi

Gretsiyada semiz sayyohlarga eshakka minish taqiqlandi

Foto: Caters News Agency

Gretsiya hukumati ortiqcha vaznga ega sayyohlarga eshakka minishni taqiqladi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, bunday taqiq Santorini orolidagi eshaklarda safar qilishda qo‘llaniladi.

Ta'kidlanishicha, bu qaror semiz sayyohlar tufayli eshaklarga jarohat yetkazilgani haqida shikoyat qilgan faollarning murojaati sababli qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gretsiya O‘zbekistonda viza markazi ochishi xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid