Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yigirma yildan so‘ng kelajak armiyasi qanday bo‘ladi?
Bruking instituti eksperti Maykl O’Xenlon harbiy innovatsiyalarni o‘rganadi va MRB maslahatchisi sifatida texnologik inqiloblar haqida bashoratlarini aytadi. U yaqinda 2020-2040 yillarda harbiy texnika qay darajaga yetib borishi to‘g‘risida hisobot tayyorladi.
Texnologik inqilob
Maykl O’Xenlon harbiy ishlanmalarni 29 toifaga ajratdi hamda ular orasida qaysi yo‘nalish boshqalariga nisbatan tezroq rivojlanishi mumkinligi borasida taxmin bildirdi.
Uning tadqiqoti yakunlariga ko‘ra, 29 toifadagi texnologiyadan faqat ikkitasidagina haqiqiy texnologik inqilob yuz beradi. Bu kompyuterlar va robototexnikadir.
Yana yettita toifa – kimyoviy uzatgichlar, radioaloqa, lazerli aloqa, radiochastotali qurol, halok qilmaydigan va biologik qurollar ham o‘zgarishlarga uchraydi. Yerusti jangovar mashinalari, uchuvchi qurilmalar, kema va raketalar yo‘nalishlari esa astalik bilan rivojlanib boradi.
Sun'iy ong
Kelgusi 20 yilda harbiy innovatsiyalarga aloqador texnologik o‘zgarishlar jadal sur'atlarda davom etadi. Robototexnika va kiberxavfsizlik rivojlanishi tezlashadi. Sun'iy ong sohasidagi taraqqiyot ham jadallashadi. Energetik tizimlar, gipertovushli raketalar sohasi modernizatsiya qilinadi.
O’Xenlon harbiy texnologiya sohasidagi asosiy yo‘nalishlarni to‘rtga ajratadi. Birinchisi harbiy harakatlargan aloqador ma'lumotlarni to‘plash bilan shug‘ullanuvchi turli uzatgichlar. Ikkinchisi – bu ma'lumotlarni qayta ishlaydigan va tarqatadigan kompyuter va kommunikatsiya tizimlari. Uchinchisi qurollanish platformalari va ular uchun texnologiyalar. To‘rtinchisi – qurol va texnologiyalarning yangi tizimlari. O’Xenlon 29ta toifaga yana o‘nta toifa qo‘shgan. Bular kiberimkoniyatlar, internet tarmoqlari, kvant hisobi, sun'iy ong va ma'lumotlar yig‘ish, sun'iy yo‘ldoshlar, kimyoviy qurollar, nanomateriallar, 3D-nashr va gadjyetlarni kuchaytirish uchun qurilmalar.
Kompyuter texnologiyalari
Ilg‘or kompyuterlar yordamida boshqariladigan radiouzatgichlarning imkoniyatlari kengayadi. Zamonaviy kompyuterlar ularning samaradorligini oshiradi.
Kompyuter texnologiyalari orqali zarba berish xavfi kuchayadi. Suvosti optik tolali kabellarga hujumlar, radiostansiyalar va boshqa aloqa tizimlarining dasturiy ta'minotlariga kiberhujumlar jiddiy muammo bo‘lishi mumkin.
Kompyuterlarning hisoblash quvvati kuchayishi sun'iy yo‘ldoshlar va boshqa qurilmalarning olingan ma'lumotlarni tezroq qayta ishlashlariga imkon beradi.
AQSh mudofaa vazirligi sun'iy ong, ma'lumotlarni qayta ishlash bilan bog‘liq sohalarga 2012 va 2017 yillar orasida 5,6 mlrddan 7,4 mlrd dollargacha mablag‘ ajratgan.
Kompyuter inqilobi tufayli robototexnika tez rivojlanadi. Harbiy maqsadlar uchun o‘zi boshqariladigan transport vositalari ishlab chiqariladi. Masalan, hozirda jang maydonida taktik ta'minot maqsadida Wingman ishlab chiqarilgan. U qurol yetkazib bera oladi. Yaqinda shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi o‘rinbosari general Pol Selva kimni va qachon otish kerakligi haqida o‘zi mustaqil qaror chiqara oladigan robot yaratish uchun AQShga taxminan o‘n yil kerak bo‘lishini bildirdi.
Aniq vazifa bajarishga ixtisoslashgan robotlar ishlab chiqariladi. Uchuvchisiz boshqariladigan uchar qurilmalar uzoqroq masofaga ucha oladigan va radarlarga ko‘rinmaydigan bo‘ladi.
Dengizda esa ma'lumotlar yig‘ish, minalardan tozalash va mudofaa bilan shug‘ullanadigan o‘ziyurar kemalar paydo bo‘ladi. 2013 yilgi RAND hisobotida aytilishicha, ana shunday kemalardan 63tasi ishlab chiqarilgan va sinovdan o‘tkazilgan. Suv ostida yuradigan robotlashgan qurilmalar istiqbolli loyiha sifatida ko‘rilmoqda. Yaqinda narxi 100 ming dollarga teng bo‘lgan dengiz planeri Atlantika okeanini kesib o‘tdi. Kelajakda uning narxini 10 baravarga kamaytirish ko‘zda tutilmoqda.
Mavzuga oid
18:13 / 10.06.2026
Smartfonni quvvatlashdagi asosiy xatolik aytildi
08:30 / 09.06.2026
O‘z davridan ming yillar oldin yaratilgan 8 texnologiya
22:36 / 21.05.2026
Tojikiston va O‘zbekiston chegara hududlarida mobil aloqani yaxshilaydi
09:46 / 04.05.2026