Jahon | 15:53 / 10.10.2018
9105
1 daqiqa o‘qiladi

Nagoya: Yapon qizlari o‘zbek raqslarini namoyish qilishadi

14 oktabr kuni yapon qizlaridan iborat raqs guruhi an'anaviy o‘zbek raqslarini namoyish qiladi, deya xabar beradi Yaponiyadagi O‘zbekiston elchixonasi. 

Foto: Yaponiyadagi O‘zbekiston elchixonasi

Raqs guruhi nomi "So‘zana" bo‘lib, u nafosat ramzi tushirilgan an'anaviy o‘zbek hunarmandchiligining bir qismi hisoblanadi. 

Yaponiyadagi "So‘zana" raqs guruhi Kansaydagi turli madaniyat va raqs tadbirlarida ishtirok etadi hamda yaponiyaliklarga o‘zbek raqsi jozibasini namoyish qiladi. 

Ta'kidlash joizki, Yaponiyada o‘zbek raqsi tobora tanilib bormoqda. Yaponiyadagi O‘zbekiston elchixonasi tomonidan tashkillashtiriluvchi bayram tadbirlarida ham yaponiyaliklar "Tanovar" va "Lazgi"ga raqs tushib, yig‘ilganlarning olqishiga sazovor bo‘lishmoqda.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid