Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Qrim bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini BMT Bosh assambleyasiga kiritmoqchi
Foto: RIA «Novosti»
Ukrainaning BMTdagi doimiy vakili Vladimir Yelchenko so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tomoni Qrim bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini BMT Bosh Assambleyasiga kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina ushbu loyiha yordamida «Rossiyaga xalaqit berishni» mo‘ljallamoqda.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Qrimdagi Rossiya mashqlari ushbu davlatning tajovuzkor siyosatini namoyish qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin Rossiya Qrimda yadro qurolini joylashtirgan bo‘lishi mumkinligini ma'lum qilgandi.
Klimkinning ta'kidlashicha, Rossiya yarim orolini katta «harbiy bazaga» aylantirgan. Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya armiyasi Qrimdan Suriyaga qurol-yarog‘ va harbiy texnika yetkazib bermoqda.
Mavzuga oid
21:50
Rossiya urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishdan «ma’no ko‘rmayapti»
16:17
Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi vaqtinchalik sulh buzilmoqda. Voqealar rivoji
19:41 / 05.05.2026
Ukraina Chuvashiyaga raketa va dronlar bilan hujum qildi
07:38 / 05.05.2026