Jahon | 10:24 / 02.10.2018
12214
1 daqiqa o‘qiladi

«Rossiya Qrimda yadro qurolini joylashtirgan bo‘lishi mumkin». Ukraina TIV rahbari bayonot berdi

Foto: RIA Novosti

Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkinning ATR telekanali efirida ma'lum qilishicha, Rossiya Qrimda yadro qurolini joylashtirgan bo‘lishi mumkin.

Klimkinning ta'kidlashicha, Rossiya yarim orolini katta «harbiy bazaga» aylantirgan.

«Bizda u yerda yadro quroli yoki yadro quroli uchun infratuzilmalar bo‘lishi mumkin, degan asosli shubha kelib chiqmoqda», - deya ma'lum qildi vazir.

Shuningdek, Klimkinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya armiyasi Qrimdan Suriyaga qurol-yarog‘ va harbiy texnika yetkazib bermoqda.

Tashqi ishlar vazirining ta'kidlashicha, Ukraina TIV «Qrimning qurollanishi» bo‘yicha BMTga maxsus rezolyutsiya loyihasini taqdim etishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko BMTning Qrim bo‘yicha rezolyutsiyasi qabul qilinishiga ishonch bildirgandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid