Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy va Shimoliy Koreya yagona lug‘at ustida ish boshladi
2018 yil boshida Shimoliy va Janubiy Koreya kutilmaganda yarashuv sari qadam tashladi: tarixiy muzokaralar o‘tkazildi, so‘nggi o‘n yilda birinchi marta harbiy kemalar o‘rtasidagi aloqalar tiklandi va mamlakatlar bir-biriga qarshi targ‘ibot ishlarini to‘xtatdi. Ikki davlat jamoalarining Pxyonchxanda o‘tgan Olimpiadadagi birgalikdagi ishtiroki to‘xtatilgan urushning ramzi bo‘ldi.
Olimpiya o‘yinlarida KXDR va Janubiy Koreya o‘rtasida yangi muammo paydo bo‘ldi. Birlashgan Koreyaning xokkey jamoasida tillar o‘rtasidagi farq tufayli sportchilar bir-birini tushunishga qiynalishdi. Buning uchun jamoa rahbariyati uch varaqli sport atamalari lug‘atini ishlab chiqdi: ingliz tilidagi so‘z birikmalari Janubiy Koreya tiliga, so‘ngra Shimoliy Koreya tiliga tarjima qilindi. Janubiy Koreya aholisi so‘zlashuvchi tilda ingliz tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlar talaygina, KXDR esa o‘zining yangi iboralarini o‘ylab topgan.
2018 yil oktabri boshida Shimoliy va Janubiy Koreya yagona lug‘at ustidagi ishlarni boshladi. Tilshunoslarning ma'lumotlariga ko‘ra, ikki mamlakat aholisi kundalik muloqotda qo‘llovchi so‘zlarning uchdan biri bir-biridan farq qiladi, bu ayniqsa professional va tibbiy atamalarga taalluqli. Janubiy Koreya bosh vazirining aytishicha, qo‘shni mamlakatlar 2005 yilda "Buyuk koreys tili lug‘ati" ustida ish boshlashgan, biroq xalqaro munosabatlar murakkablashganidan keyin bu loyiha muzlatib qo‘yilgan.
Texnik jihatdan koreys tili yagona hisoblansa-da, u ikki lahjaga bo‘linadi — Seul va Pxenyan. So‘zlarning aksariyati 1950-yillardagi "ajralish"dan keyin yuzaga kelgan. Rejaga ko‘ra, umumiy lug‘atga qo‘shma loyihalar ustida ishlashda kerak bo‘luvchi 330 mingtagacha so‘z kirishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
09:03 / 27.05.2026
Shimoliy Koreya bir nechta turdagi raketalarni sinovdan o‘tkazdi
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026