Jahon | 10:04 / 11.10.2018
29895
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda Rossiyaning Yevropadagi ta'sirini «sindirish» yo‘li topildi

Foto: AP Photo / Pablo Martinez Monsivais

Amerikalik senatorlar Ron Jonson va Kris Merfi Vashingtonga Yevropada Rossiya ta'sirini «sindirishga» yordam beradigan qonun loyihasini taqdim etdilar. Bu haqda Sputnik International xabar bermoqda.

Ushbu tashabbusga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Yevropa energetika loyihalarini moliyalashtirish uchun milliard dollar ajratadi. «Biz Sharqiy Yevropada harbiy mudofaa tizimini mustahkamlash uchun milliardlab sarmoya kiritdik, ammo Rossiyaning energetika bo‘yicha harakatlaridan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan xavfli oqibatlarini unutish kerak emas», - dedi Merfi.

Senatorning so‘zlariga ko‘ra, qonun loyihasi Amerika Qo‘shma Shtatlarida ish o‘rinlarini yaratishga ham yordam beradi.

Sentyabr oyining oxirida Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampning mamlakat «Shimoliy oqim-2» tufayli Rossiyaga energetika masalasida qaram bo‘lib qolishi mumkinligi haqidagi ayblovlariga javob qaytardi. Uning so‘zlariga ko‘ra, gaz quvurining qurilishi siyosiy emas, balki iqtisodiy loyihadir.

«Shimoliy oqim-2» 2019 yil oxirigacha qurilishi kerak. Shu vaqtda «Gazprom»ning Ukrainaga tegishli «Naftogaz» kompaniyasi bilan kelishuvi muddati tugaydi, u ushbu mamlakat hududi orqali gaz tranzitiga aloqadordir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina «Shimoliy oqim - 2» mojarosi tufayli Rossiyaga «B rejasi» bilan tahdid qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid