Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Xitoyda 2022 yilgi Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilishiga qarshi chiqdi
Foto: SCANPIX/AFP
AQSh Kongressining Xitoy bo‘yicha komissiyasi 2022 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari Pekinda o‘tkazilishiga qarshi chiqdi.
Inside the Games ma'lumotiga ko‘ra, Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga (XOQ) tegishli murojaatnoma ham yuborilgan.
Komissiya hisobotida qayd etilishicha, Xitoyning amaldagi rahbari Si Tszinpinning hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng, mamlakatda inson huquqlariga rioya etish bilan bog‘liq vaziyat yomonlashdi. Masalan, ushbu mamlakatda bir milliondan ziyod uyg‘ur saqlanayotgan siyosiy qayta tarbiyalash lageri mavjud. Komissiyadan qo‘shimcha qilishlaricha, bu «Ikkinchi jahon urushi yillaridan beri etnik ozchilik huquqlarini kamsitishga doir eng katta holatdir».
Shuningdek, hisobotda xabar qilinishicha, Xitoy hukumati Qo‘shma Shtatlarda istiqomat qiluvchi uyg‘urlar diasporasiga bosim o‘tkazishga harakat qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Eronni uyg‘urlarni neftga «almashtirishda» ayblagandi.
Mavzuga oid
21:52 / 19.01.2026
O‘zbekiston AQShda uchta yangi konsullik ochadi - elchi
21:49 / 19.01.2026
Eron prezidenti Oliy rahbarga suiqasd urush e’lon qilishga barobarligini aytdi
18:46 / 19.01.2026
Tramp Nobel mukofotini olmagach, endi tinchlik haqida qayg‘urishga majbur emasligini aytdi
18:39 / 19.01.2026