AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Hameneiyni bosim ostida qolgan musulmonlarni neftga «almaştirayotganlikda» ayblab çiqdi. Bu haqda u Twitter’dagi öz sahifasida yozgan.
«Hameneiy özini islom dunyosi yetakçisi deb körsatadi, biroq uning hukumati Xitoy - Eron neftining asosiy xaridori - yuz minglab musulmonlarni ta'qib qilayotgani va qamoqqa taşlayotganiga e'tiborsizlik bilan qaramoqda», - deya ma'lum qildi u. Bloomberg’ning ta'kidlaşiça, Eron nefti eksporti hajmi pasayib borayotgan şaroitda, Xitoy uning eng yirik xaridori bölib qolyapti.
Şu bilan birga, Şinjon-Uyğur muxtor tumanida musulmon uyğurlarga nisbatan repressiyalarga Osiyodagi boşqa davlatlar ham, jumladan, Indoneziya va Saudiya Arabistoni e'tibor bermayapti.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ xitoylik musulmonlarni sanksiyalar yordamida himoya qilişni rejalaştirayotgani xabar qilingandi.

















