Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga tashrif bilan boradi
10 oktabr, chorshanba kuni o‘zbekistonlik va xalqaro hamkorlar ishtirokida Germaniya birligi kuni nishonlandi, deb xabar bermoqda ushbu davlatning Toshkentdagi elchixonasi.
Tadbirda Germaniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Gyunter Overfeld O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan islohotlar sababli O‘zbekiston-Germaniya do‘stligi yangi sur'at olganligiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Prezident Mirziyoyevning barcha fuqarolar uchun inson huquqlari va huquqiy xavfsizlikni kuchaytirish, shaffoflik va davlatni samarali boshqarish tizimini joriy etish hamda bozor iqtisodiyotiga ko‘proq tayangan iqtisodiy rivojlanishning yangi bosqichini ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi sa'y-harakatlari ikki tomonlama aloqalar uchun katta ahamiyatga ega ekanligi e'tirof etildi.
Qayd etilishicha, tashqi siyosatda Germaniya O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda Afg‘onistonni jalb qilish orqali mintaqaviy hamkorlik tashabbuslarini davom ettirilishini olqishlaydi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil yanvar oyida Germaniyaga tashrifi davomida kansler Angela Merkel va GFR federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer bilan bo‘lib o‘tadigan muzokaralar ham elchi tomonidan aytib o‘tildi.
Bildirilishicha, iqtisodiy sohada shu yilning may oyida 70dan ortiq nemis firmalari O‘zbekistonga tashrif buyurdi va bu nemis iqtisodiyotining Markaziy Osiyoga shu davrgacha kelgan eng katta delegatsiyasidir.
Elchi O‘zbekiston islohotlar siyosatini davom ettirish yo‘lidagi chaqiriqlarni yengishiga va shu bilan birga nemis-o‘zbek hamkorligining yanada kengayishiga umid bildirdi.
Mavzuga oid
18:47
Germaniya prezidenti O‘zbekistonga keladi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
11:20 / 08.06.2026