Poroshenko aslida qanday kasbni egallamoqchi bo‘lganini aytdi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko maktabni tugatganidan so‘ng, oliy dengizchilik maktabiga o‘qishga kirgan va uni bitirganidan keyin kubrik (kemada komanda joylashadigan umumiy xona) starshina (kichik komandirlarning eng yuqori unvoni, dengiz flotida serjantga baravar unvon) bo‘lgan. Bu haqda «112 Ukraina» xabar qilmoqda.
«Kamdan-kam odam biladi, lekin men maktabni bitirganimdan keyin oliy dengizchilik maktabiga o‘qishga kirganman. Men hatto kubrik starshinasi ham bo‘lgandim, keyin Xalqaro munosabatlar institutiga o‘qishga kirganim haqida hujjatlar keldi. Bu taqdir meni dengizchilikdan mahrum qildi», - dedi Poroshenko.
Poroshenko bu haqda Xerson davlat dengizchilik akademiyasida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko AQShning Ukrainadagi ocharchilikni genotsid deb tan olish haqidagi qarorini qo‘llab-quvvatlagandi.
Mavzuga oid
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
21:24 / 13.11.2024
Kuraxovodagi ukrain garnizoni qurshovga tushishi mumkin. Frontdagi eng murakkab yo‘nalishlardan birida nimalar bo‘lmoqda?
18:53 / 13.11.2024
Boris Jonson Ukrainaga britan harbiylari yuborilishi shartini aytdi
14:54 / 13.11.2024