Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko AQShning Ukrainadagi ocharchilikni genotsid deb tan olish haqidagi qarorini qo‘llab-quvvatladi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Amerika Qo‘shma Shtatlarining 1932-1933 yillarda yuz bergan ocharchilik (golodomor)ni genotsid deb tan olish to‘g‘risidagi qarorini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Ukraina prezidentining rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Poroshenkoning fikricha, Qo‘shma Shtatlarning qarori mamlakatlar strategik hamkorligining tasdiqlanishi hisoblanadi. Shuningdek, uning ta'kidlashicha, ushbu tarixiy davrdagi bu hodisalar «sovet rejimi tomonidan tashkillashtirilgan».
«Menimcha, bu [ocharchilikni genotsid deb tan olish] Ukrainaga tarafdor bo‘lgan jahon koalitsiyasini shakllantirishga oid jiddiy ishning davomiga aylandi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Poroshenko.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainada rossiyalik chegarachilar bilan jang yuz berishiga bir baxya qolgani haqida aytishgandi.
Mavzuga oid
22:58 / 15.07.2026
AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga chiqariladi
18:51 / 15.07.2026
Tramp jinsiy zo‘ravonlik va tuhmat ishi bo‘yicha 5 million dollar to‘ladi
18:11 / 15.07.2026
Xitoy avtomobil bozori jahon reytingida 1-o‘rinni egalladi
11:20 / 15.07.2026