Jahon | 14:45 / 13.10.2018
6341
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikistondagi ShHT sammitida 12ta hujjat imzolandi

Dushanbe shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining (bosh vazirlar) yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha Kengashning 10 ta qarori va hamkorlik bo‘yicha idoralararo 2ta hujjat imzolandi. Bu haqda Tojikiston OAV xabar bermoqda.

Foto: Khovar.tj

Hukumat rahbarlari quyidagilarni imzolashdi: ShHT kotibiyatining Tashkilotga a'zo davlatlarning ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi hisoboti, ShHTning 2017 yilgi byudjyetini amalga oshirish natijalari bo‘yicha moliyaviy hisoboti va 2019 yilga byudjyet.

Tashkilotning doimiy faoliyat yuritadigan organlari ishini ixtiyoriy ravishda qo‘llab-quvvatlash, ShHT doimiy faoliyat yuritadigan organlarining ishini topshirishni ta'minlash, moliyaviy ta'minot to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirishlar kiritish, Tashkilotga a'zo davlatlarning yangi tahrirdagi ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorligi dasturi, ShHT davlatlar mintaqalararo hamkorligini rivojlantirish dasturini tayyorlash, ShHTga a'zo davlatlarning 2019-2020 yillardagi ilmiy-tadqiqot muassasalari hamkorligi bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi («Yo‘l xaritasi») ishlab chiqish, ShHTga a'zo davlatlarning atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik konsepsiyasi va ShHTga a'zo davlatlar hukumat rahbarlarining qo‘shma bayonoti imzolandi.

Foto: Khovar.tj

Shuningdek, ShHTga a'zo davlatlar vazirlik va idoralarining tegishli rahbarlari oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha hamkorlik dasturini hamda transchegaraviy epizootik kasalliklarni birgalikda oldini olish va kurashish sohasida texnik hamkorlik bo‘yicha vakolatli idoralar vakillari o‘rtasidagi Memorandumni imzoladilar. 

Mavzuga oid