Duşanbe şahrida Şanxay hamkorlik taşkilotiga a'zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengaşining (boş vazirlar) yiğilişi yakunlari böyiça Kengaşning 10 ta qarori va hamkorlik böyiça idoralararo 2ta hujjat imzolandi. Bu haqda Tojikiston OAV xabar bermoqda.

Foto: Khovar.tj

Hukumat rahbarlari quyidagilarni imzolaşdi: ŞHT kotibiyatining Taşkilotga a'zo davlatlarning köp tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturlarini amalga oşiriş töğrisidagi hisoboti, ŞHTning 2017 yilgi byudjyetini amalga oşiriş natijalari böyiça moliyaviy hisoboti va 2019 yilga byudjyet.

Taşkilotning doimiy faoliyat yuritadigan organlari işini ixtiyoriy ravişda qöllab-quvvatlaş, ŞHT doimiy faoliyat yuritadigan organlarining işini topşirişni ta'minlaş, moliyaviy ta'minot töğrisidagi Nizomga özgartirişlar kiritiş, Taşkilotga a'zo davlatlarning yangi tahrirdagi köp tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorligi dasturi, ŞHT davlatlar mintaqalararo hamkorligini rivojlantiriş dasturini tayyorlaş, ŞHTga a'zo davlatlarning 2019-2020 yillardagi ilmiy-tadqiqot muassasalari hamkorligi böyiça amaliy çora-tadbirlar rejasi («Yöl xaritasi») işlab çiqiş, ŞHTga a'zo davlatlarning atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasidagi hamkorlik konsepsiyasi va ŞHTga a'zo davlatlar hukumat rahbarlarining qöşma bayonoti imzolandi.

Foto: Khovar.tj

Şuningdek, ŞHTga a'zo davlatlar vazirlik va idoralarining tegişli rahbarlari oziq-ovqat xavfsizligi böyiça hamkorlik dasturini hamda transçegaraviy epizootik kasalliklarni birgalikda oldini oliş va kuraşiş sohasida texnik hamkorlik böyiça vakolatli idoralar vakillari örtasidagi Memorandumni imzoladilar. 

ŞHT hukumat rahbarlari kengaşining Duşanbedagi majlisida qanday masalalar körib çiqiladi?