Sport | 00:42 / 13.10.2018
9903
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston vakilasi o‘smirlar Olimpiadasi chempioni bo‘ldi

Foto: Anvar Ilyasov

Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahrida o‘tayotgan III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida qizlar o‘rtasida og‘ir atletika bo‘yicha -63 kg vazn toifasida bahslar yakuniga yetdi. Unda Kumushxon Fayzullayeva O‘zbekiston terma jamoasiga ikkinchi oltin medalni taqdim etdi.

Kumushxon dast ko‘tarishda 94 kg, siltab ko‘tarishda 124 kg, umumiy hisobda esa 218 kg natija ko‘rsatib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Bu O‘zbekiston terma jamoasi uchun Argentinadagi Olimpiya o‘yinlarida qo‘lga kiritilgan oltinchi medal bo‘ldi. Bundan avval bitta oltin, ikkita kumush va ikkita bronza medal qo‘lga kiritilgan.

Foto: Anvar Ilyasov
Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid