Jahon | 09:53 / 15.10.2018
25527
2 daqiqa o‘qiladi

Penzada o‘zbekistonlik yigit halok bo‘ldi

Rossiyaning Penza shahrida 21 yoshli O‘zbekiston fuqarosining o‘limi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilmoqda. Ma'lum bo‘lishicha, u Tsiolkovskiy ko‘chasidagi uyning to‘rtinchi qavati balkonidan pastga qulashi natijasida halok bo‘ldi.

Foto: PenzaNews

«Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 14 oktabr kuni kvartira egasining tashabbusi bilan unga tanish bo‘lgan to‘rt kishi balkon ustida bo‘g‘ot o‘rnatish bo‘yicha ish olib borgan. Ish paytida, 1997 yilda tug‘ilgan erkak balkon to‘sini bilan birga pastga tushib ketgan. U olgan jarohatlari tufayli voqea joyida halok bo‘ldi», - deya xabar berishgan RF Tergov qo‘mitasining Penza oblasti bo‘yicha boshqarmasidan.

Foto: PenzaNews

Tergovchi tomonidan marhum o‘limining barcha tafsilotlarini aniqlashga qaratilgan bir qator tekshiruv tadbirlari o‘tkazilmoqda. Sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi. Tekshiruv natijalariga asosan protsessual qaror qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Olmaotada telefon o‘g‘irlagan o‘zbekistonlik migrant 5 yilga qamalishi mumkin ekani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid