Jamiyat | 11:58 / 10.10.2018
7936
1 daqiqa o‘qiladi

Olmaotada telefon o‘g‘irlagan o‘zbekistonlik migrant 5 yilga qamalishi mumkin

Foto: Olmaota Ichki ishlar departamenti

Olmaota shahri Auezov tumanida yo‘l-patrul politsiyachilari uyali telefonni o‘g‘irlash bilan bog‘liq hodisaning oldini olishdi.

Shahar Ichki ishlar departamenti matbuot xizmatining xabar berishicha, Yassaviy va Jandosov ko‘chalari chorrahasida erkak kishi - O‘zbekiston fuqarosi iPhone uyali telefonini o‘g‘irlab ketgan. Biroq, unga jinoyatni oxirigacha yetkazishiga patrul politsiyachilari imkon berishmadi, ular erkakni ashyoviy dalil bilan qo‘lga olishdi.

Ta'kidlanishicha, gumonlanuvchi Qozog‘istonga ishlash uchun kelgan bo‘lib, u migratsiya qonunchiligi qoidalarini buzgan.

Hozirgi vaqtda qo‘lga olingan shaxsning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. Ushbu holat bo‘yicha Qozog‘iston JKning 188-moddasi 2-qismi bilan sudga qadar tergov boshlandi. O‘zbekiston fuqarosi 5 yilga qamalishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada 60 yoshli ayolni zo‘rlashda ayblangan o‘zbekistonlik migrant 23 yilga qamalgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid