Jahon | 08:25 / 16.10.2018
9705
1 daqiqa o‘qiladi

Arxeologlar Norvegiyada 20 metrlik kemada vikinglar qabristonini topishdi

Foto: Pinterest

Arxeologlar Norvegiyada vikinglar qabrlari va 20 metrlik kemani topdilar. Bu haqda The Guardian gazetasi yozmoqda.

Ta'kidlanishicha, kema va qabrlar maxsus radar yordamida aniqlangan. Olimlarning qo‘shimcha qilishicha, qadim zamondan qolgan go‘r sayoz chuqurlikda topilgan va fermerlar tomonidan yashirilgan.

Foto: NIKU/AFP/Getty Images

Arxeologlarning so‘zlariga ko‘ra, topilgan kema nufuzli kishilarning qabri bir qismi hisoblanadi - tadqiqotchilarning aytishicha, faqat ularga kemaning yonida dafn etilishga ruxsat berilgan.

Foto: Lars Gustavsen/NIKU

Ta'kidlanishicha, arxeologlar hozircha qabrni qazib olishni mo‘ljallamayaptilar, chunki avval uning saqlab qolinganlik darajasini baholash kerak.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid