O‘zbekiston | 23:41 / 16.10.2018
6190
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Termizda Afg‘onistonning bosh konsulligi ochildi

Bugun, 16 oktabr kuni Termizda Afg‘onistonning O‘zbekistondagi Bosh konsulligi o‘z ishini boshladi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Surxondaryo viloyat hokimligi

Shu munosabat bilan viloyat hokimligida O‘zbekiston va Afg‘oniston vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Surxondaryo viloyat hokimi Bahodir Po‘latov, O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev, Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Nosir Ahmad Andisha, Afg‘onistonning O‘zbekistondagi elchisi Sayid Shahobiddin Temuriy, afg‘on delegatsiyasi vakillari va boshqalar ishtirok etishdi.

Foto: Surxondaryo viloyat hokimligi

Uchrashuvdan so‘ng Afg‘oniston bosh konsulligi binosining rasmiy ochilish marosimi o‘tkazildi. Afg‘onistonning Surxondaryo viloyatidagi yangi Bosh konsuli Sangin Iskandariy bo‘ldi.

Foto: Surxondaryo viloyat hokimligi
Foto: Surxondaryo viloyat hokimligi

Darvoqe, yangi konsullik afg‘onlarga viza masalasida yordam beribgina qolmasdan, afg‘on ishbilarmonlariga O‘zbekistonda o‘z biznesini rivojlantirishga ham ko‘maklashadi. Zaruriyat tug‘ilganida konsullik huquqiy maslahat ham ko‘rsatadi.

Mavzuga oid