Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Rossiyani Ukrainaga aviazarbalarda aybladi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ma'lum qilishicha, Rossiya Ukrainaga hujum qilish uchun havo kuchlaridan foydalanmoqda. Ukraina yetakchisining so‘zlari uning feysbukdagi rasmiy sahifasi tomonidan keltirilgan.
Bu haqda Poroshenko mamlakat hududida bo‘lib o‘tayotgan «Toza havo - 2018» NATO aviatsiya mashqlariga izoh berib, aytib o‘tdi.
«NATOga a'zo davlatlar bilan birgalikdagi «Toza havo - 2018» qo‘shma mashqlari shuning uchun kerakki, u Ukrainaga hujum qilish uchun havo kuchlaridan foydalanayotgan Rossiyaning to‘laydigan narxi juda yuqori bo‘lishini ko‘rsatib qo‘yadi», - dedi Poroshenko.
Shu bilan birga, Ukraina prezidenti Rossiya harbiy havo kuchlari Ukrainaga aviazarbalarni qachon berganiga aniqlik kiritmadi.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, Ukraina hukumati Qo‘shma Shtatlar va NATOdan bo‘lgan sheriklar qat'iy amal qilayotgan «mustahkam hamda ishonchli pozitsiyani» qadrlaydi. Uning bildirishicha, Ukraina harbiylari alyans qo‘shinlaridan ko‘p narsani o‘rganmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq YeXHT Rossiyadan Donbassga yo‘l olayotgan zenit qurilmasini ko‘rsatgandi.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026